Biz haqimizda

Televideniye odamlarga qaraganda qiziqroq. Aks holda uyimiz to‘rida televizor emas odamlar turgan bo‘lar edi.
Alan Koren

BIR KUNI MENDAN, NIMA UCHUN TELEVIZION KONTENT TAYYORLAYSIZ, DEB SO‘RASHDI. MEN IKKILANMASDAN JAVOB BERDIM: BU MENI ILHOMLANTIRADI.

Suhbatdosh bilan xayrlashgandan so‘ng, o‘ylanib qoldim, haqiqatdan ham nima uchun? Ilhomlanish, bu o‘zi nima va u menga qanday taʼsir qiladi?

Biz barcha konsepsiyalarni ko‘rsatuvga aylanishidan oldin o‘qib chiqamiz. Qayta-qayta o‘zgarishlardan so‘ng, loyiha ko‘rishga tayyor bo‘lgunga qadar, biz uni o‘nlab marotaba ko‘rib bo‘lgan bo‘lamiz.

Men ko‘pgina mualliflarimiz va qahramonlarimiz bilan tanishman, ular bilan dasturni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sabab bilan ham muloqot qilib turaman. Shunga qaramay, men bu daqiqalarni intizorlik bilan kutaman. Iloji boricha ko‘proq tomoshabinlar bizning qahramonlarimizning hikoyalari, mualliflarimizning fikrlari bilan tanishishlarini istayman.

Men qahramonlarimiz hayoti va mualliflarimiz fikri bilan imkon qadar ko‘proq tomoshabinlar tanishishini istayman. Qahramonlarimizning har biri o‘ziga xos va har biri hurmatga loyiq.

Foydali tanishuvlar uchun minnatdorchilik bildirishganda, men o‘zimni baxtiyor his etaman. Lekin, men undanda ko‘prog‘ini orzu qilaman. Men telekanalimiz har oy sizni o‘zgartirishga ilhomlantiruvchi to‘lqinlar tarqatuvchi manbaga aylanishini istayman.

Bosh prodyuser: AZIZ UMURZAKOV

JAMOA

YO‘LDOSH YUSUPBOYEV

Art-direktor

Erkinlik bor va cheklovlar bo‘lmagan hudud ijod maydoniga aylanadi. Erkinlikdan to‘g‘ri foydalana olish oson ish emas, bu har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Biz go‘yoki daryomiz, goh qoyaga urilamiz, goh shiddatli to‘lqinlar og‘ushida qolamiz. Faqat birdamlik va jamoa bo‘lib ishlashgina muvozanatni ushlab qolishga yordam berishi va ushbu sarguzashtni yoqimli sayohatga aylantirishi mumkin....

FERUZA YUSUPOVA

Bosh muharrir

Yoshlarni tushunish va qo‘llab-quvvatlash – faoliyatimning asosiy tamoyilidir.
Ishonchim komil, yosh ijodkorlarga o‘zlarini to‘liq namoyon qilishga imkon berilsa, juda ko‘plab buyuk isteʼdodlarni kashf qilish mumkin.
Isteʼdod-bu o‘ziga va o‘z kuchiga ishonish deb bejiz aytilmagan...

JAVLON AKBAROV

SMM mutaxassisi

Televideniyeda ishlash mening orzum edi. Efirga chiqmasamda, men jamoaning bir bo‘lagiman. Kadr ortida turib jamoaga ko‘mak beraman. Biz yuqori texnologiyalar davrida yashamoqdamiz. Men jamoani teletomoshabinlar bilan bog‘lovchi ko‘prik bo‘layotganimdan mamnunman.Bir qadam oldinda yurish, davr talabini his etish va o‘zgarishlarga vaqtida munosabat bildirish menga juda yoqadi. Mening asosiy maqsadim - ustuvor yo‘nalishlarda rivojlanishga intilishdir.

TARIX

1 Iyun 2016

O‘zbekiston Respublikasi hududida efirga chiqish uchun litsenziya olindi.

1 Fevral 2017

DVB T1 va DVB T2 ochiq raqamli formatlarda FHD formatida texnik efirga uzatish boshlandi.

1 Mart 2017

O ‘zbekiston Respublikasi hududida va qo‘shni respublikalarning chegara hududlarida 24 soat davomida to‘ liq efirga chiquvchi birinchi xususiy telekanal tashkil etilgan sana.

4K FORMATIDA
ISHLAYDIGAN 30 DAN ORTIQ
KAMERALAR

1000 DONADAN
ORTIQ YORUG‘LIK
USKUNALARI

8000 KMDAN
ORTIQ SURATGA OLISH
MAYDONLARI

SHTATDAGI XODIMLAR
SONI – 120 KISHI