2017-11-30 10:59:28 0

Feruza Begaliyeva bilan batafsil intervyu!

Bizning sahifamizda Feruza Begaliyeva bilan batafsil intervyu. Yo'llanma bo'yicha kuzatib boring.

To'liq ism sharifingiz?
Feruza Begaliyeva Muhammadkarimovna!

Yoshingiz
3-aprelda tug'ilganman (Tog'risi, yoshim nechida ekanligini aytishni yoqtirmayman. Ha mayli, 18 yoshdaman)

Birinchi ommaviy nutqingiz-chiqishingiz?
Maktab davridayoq hamma bayram tadbirlarni boshlovchisi bo'lganman va tadbirlardagi sahna ko'rinishlarda rollar ijro etganman

Ta'lim olgan yo’nalishingiz va kasbiy faoliyat
O'zbekiston davlat san'at institutida, "Teatr san'ati" fakultetining "Dramatik teatr va kino aktyorligi" bo'limini bakalavr va magistratura bosqichini tamomlaganman. 12 yildan beri mutaxassisligim bo'yicha faoliyat yurityapman. Ilk ijodiy faoliyatimni talabaligimda dublyajdan boshlaganman, so'ng esa "O’zbek Milliy akademik drama teatrida aktrisa bo'lib ishlaganman va shu bilan birga bir qancha klip, film va seriallarda suratga tushganman. Hozirgi kungacha ham dublyajda faoliyat yuritaman va men uchun sevimli bo'lgan ishxonam, ZO'R TV telekanalining boshlovchisiman!

Yutuqlaringiz?
Vaqtdan yutganim.

Bolaligingizda kim bo’lishni orzu qilgan edingiz?
Bolaligimda shifokor bo'lishni orzu qilganman.

Qanday qilib teleboshlovchi bo’ldingiz?
Aktrisa bo'lishimga qaramasdan teleboshlovchi bo'lishni juda ham istardim va o'tgan yili yangi ZO'R TV telekanali ochilishi munosabati bilan meni bu yerga taklif qilishdi hamda tonggi “Nahori Nashta” ko'rsatuviga boshlovchi qilib tanlashdi.

Ishingizning yaxshi va yomon taraflarini sanab bering.
Ishimni yaxshi ko'rganim uchun yomon taraflarini umuman ko'rmayman. Yaxshi taraflarini esa sanab tugatib bo'lmaydi

Yaqin 10 yilga qanday rejalaringiz bor?
10 yil... yaxshisi bu sir bo'lib qolsin. 10 yildan keyin guvohi bo'lasiz

Sizga eng ko’p beriladigan savolni ayting va unga javob bering?
Menga eng ko'p beriladigan savol bu- "yoshingiz nechida"? deb so'rashadi

Havas qiladigan odamingiz kim (кумир)?
Havas qiladigan insonlarim ko'p.

Ko’rsatuvni tasvirga olish jarayoni siz uchun odatiy holmi yoki hayajonli holatmi?
Ko'rsatuvni tasvirga olish jarayoni men uchun odatiy hol emas, sababi o'z ishimga juda mas'uliyat bilan yondashaman, o'qiyman, izlanaman, tayyorgarlik ko'raman. Shuning uchun har bir tasvirga olish jarayoni men uchun albatta hayajonli holat.

Hammadan Zo’r nimani qila olasiz?
Hammadan zo'r yugura olaman

Hayotdagi shioringiz?
Vaqt-oliy hakam!

Siz uchun eng yaxshi sovg'a nima bo'lishi mumkin?
Ota-onam va yaqin insonlarimning sog'-salomatligi men uchun eng yaxshi sovg'a.

Sizni ranjitadigan eng yomon narsa nima?
Adolatsizlik.

Sizning garderobingizdagi eng sevimli narsangiz?
Hammasini o'z o'rni bor.

Siz musiqada afzal ko’rgan yo’nalishingiz?
Pop, Klassika

Yaqin orada ko’rgan filmlarizdan qay biri Sizda taassurot qoldirdi?
"Kosmos mejdu nami" (rej: Piter Chelsom) i "Zolotoe kol'co" (rej: Mettew Von)

Xaritadagi qay bir joy Sizning hayratlantirdi?
O'zbekiston

Kinofilmda (yana) sur’atga tushishni istaysizmi?
Avval ham suratga tushganman. Hozirgi vaqtda yangi serialda suratga tushyapman. Hudo hohlasa yana takliflar bo'lsa albatta yana suratga tushishni xohlayman.17. Albatta eslay olaman kulgili voqealar ko'p bo'ladi.

Tasvirga olish maydonida yuz bergan eng kulguli voqeani eslay olasizmi?
--

ZO'R TV telekanali Siz uchun qanday ahamiyatga ega?
ZO'R TV telekanali men uchun juda muhim ahamiyatga ega. ZO'R TV-men uchun hamma narsa, ijod manbayi.

Telekanalimizning qay bir boshlovchisi bilan tajriba almashgan bo’lardingiz?
Asror Abrorxo'jayev bilan.

Tomoshabinlarimizga tilaklaringiz?
Sog'lik, baxt, omad va xursandchilik doimiy hamrohingiz bo'lsin. Yaxshi kayfiyat tark etmasin. ZO'R TV ni tomosha qilishda davom eting!