2017-11-18 15:42:04 466

Xolmedov Ulug’bek bilan batafsil intervyu!

Bizning sahifamizda Xolmedov Ulug’bek bilan batafsil intervyu. Yo'llanma bo'yicha kuzatib boring.

To'liq ism sharifingiz?
Xolmedov Ulug’bek Mirzatillaevich

Yoshingiz
25

Birinchi ommaviy nutqingiz-chiqishingiz?
Eslay olmayman. Menimcha maktab davrimda yoki bog’chada bo’lsa kerak.

Ta'lim olgan yo’nalishingiz va kasbiy faoliyat
Estrada aktyorliga

Yutuqlaringiz?
Haligacha tirik yurganim

Bolaligingizda kim bo’lishni orzu qilgan edingiz?
Doktor, futbolist hullas hamma kasbga qiziqanman.

Qanday qilib teleboshlovchi bo’ldingiz?
O’zim bilmasdan hamma narsani boshlab yuraman. O’zi “ZO’R TV” telekanaliga “Bojalar Community”ni ko’raman deb kelgan edim.

Ishingizning yaxshi va yomon taraflarini sanab bering.
Ishimni deb aytmasdan umumiy qilib aytganda SAN’AT deyman. San’atkor bo’lishni yaxshi tomoni judayam ko’p. Eng asosiysi sizga bo’ladigan e’tibor. Yomoni esa ana shu e’tibordan chetda qolish.

Yaqin 10 yilga qanday rejalaringiz bor?
Eng katta rejalardan biri - Uylanish. Agar shu yil uylanmasam, adamla erga bervoradila mani. Va albatta “ZO’R TV”da super mega shou tashkil qilish.

Sizga eng ko’p beriladigan savolni ayting va unga javob bering?
Qalaysiz - yaxshi.
Siz rostanam Mirzabek Xolmedovni farzandlarimisiz - ha.
Kechasi bir o’ziz uhlashga qo’rqmaysizmi - yo’q.
Telegramingiz bormi - bor, lekin bermiman.
Bitta yangisidan eshitaylik - ...........

Havas qiladigan odamingiz kim (кумир)?
Andriano Celentano

Ko’rsatuvni tasvirga olish jarayoni siz uchun odatiy holmi yoki hayajonli holatmi?
Hayajon suratga olish ishlari tugatilib muhlislarga taqdim etilgan paytda bo’ladi.

Hammadan Zo’r nimani qila olasiz?
Raqsga tusha olaman. Va mahtana olaman.

Hayotdagi shioringiz?
Faqatgina o’ziga tavakkal qilish kerak.

Siz uchun eng yaxshi sovg'a nima bo'lishi mumkin?
Eng yaxshi sovg’a har bir inson uchun ota-onasining tabassumi bo’lsa kerak. Va albatta o’yinchoq “Masqaraboz”

Sizni ranjitadigan eng yomon narsa nima?
Tuhmat

Sizning garderobingizdagi eng sevimli narsangiz?
Kastyum shimlarim.

Siz musiqada afzal ko’rgan yo’nalishingiz?
Sokin taronalar

Yaqin orada ko’rgan filmlarizdan qay biri Sizda taassurot qoldirdi?
Leonardo Di Kaprio ijrosidagi “Tirik qolgan”
Aktyorlik mahorati juda chiroyli ochib berilgan. Hamda operator ishi zo’r.

Xaritadagi qay bir joy Sizning hayratlantirdi?
Unday joy yo’q menimcha. Balki bordur. Agar u oltinga olib boradigan xarita bo’lsa.

Kinofilmda (yana) sur’atga tushishni istaysizmi?
Agar “Bollywood” bo’ladigan bo’lsa ha.

Tasvirga olish maydonida yuz bergan eng kulguli voqeani eslay olasizmi?
Deyarli har kuni bo’ladi. Yozishga uyalaman.

ZO'R TV telekanali Siz uchun qanday ahamiyatga ega?
Ajoyib ijodxona.

Telekanalimizning qay bir boshlovchisi bilan tajriba almashgan bo’lardingiz?
Qaysi birlari men bilan tajriba almashmoqchi. Oldin shuni bilish kerak.

Tomoshabinlarimizga tilaklaringiz?
Omonat dunyoda omon bo’lishsin. “ZO’R TV” telekanalini tomosha qilayotgan har bir yurtdoshimizni ishlari ZO’R bo’lsin.