2017-11-17 12:59:02 430

ALIXONOV TEMUR bilan batafsil intervyu!

Bizning sahifamizda Alixonov Timurxon bilan batafsil intervyu. Yo'llanma bo'yicha kuzatib boring.

To'liq ism sharifingiz?
Alixonov Timurxon

Yoshingiz
18

Birinchi ommaviy nutqingiz-chiqishingiz?
Maktab paytlarida maktab oshxonasida

Ta'lim olgan yo’nalishingiz va kasbiy faoliyat
Respublika televidenie va radio kasb-hunar kolleji

Yutuqlaringiz?
bir vaqtning o’zida esnay, aksira va yo’tala olaman

Bolaligingizda kim bo’lishni orzu qilgan edingiz?
neft va gaz bo’yicha muttaxasis

Qanday qilib teleboshlovchi bo’ldingiz?
mumkin buning uchun oliy maqsad bo’lishi kerak

Ishingizning yaxshi va yomon taraflarini sanab bering.
ishim juda yaxshi, Televidenie sohasida faoliyat yurishimdan g’urulanaman ishxona men uchun 2 oila demakdir.

Yaqin 10 yilga qanday rejalaringiz bor?
10 yillik reja tuzish rejam bor

Sizga eng ko’p beriladigan savolni ayting va unga javob bering?
вы русский? Yo’q men O’zbekman

Havas qiladigan odamingiz kim (кумир)?
MOT artist

Ko’rsatuvni tasvirga olish jarayoni siz uchun odatiy holmi yoki hayajonli holatmi?
Hayajonli albatta chunki bu katta masuliyat talab etadi.

Hammadan Zo’r nimani qila olasiz?
ZO’R TVtelekanalini tomosha qila olaman

Hayotdagi shioringiz?
Maqsad oliy undan chalg’imaslik kerak

Siz uchun eng yaxshi sovg'a nima bo'lishi mumkin?
eng asosiysi e’tibor

Sizni ranjitadigan eng yomon narsa nima?
Idish yuvish

Sizning garderobingizdagi eng sevimli narsangiz?
garderobimdagi barcha kiyim yoqadi chunki u menikida

Siz musiqada afzal ko’rgan yo’nalishingiz?
fonogramma yo’nalishi

Yaqin orada ko’rgan filmlarizdan qay biri Sizda taassurot qoldirdi?
DALNYAYA DOROGA

Xaritadagi qay bir joy Sizning hayratlantirdi?
qizil rangli joylar juda hayratlantiradi

Kinofilmda (yana) sur’atga tushishni istaysizmi?
agar hind seriali bo’lmasa ha

Tasvirga olish maydonida yuz bergan eng kulguli voqeani eslay olasizmi?
HA! Lekin esimda yo’q

ZO'R TV telekanali Siz uchun qanday ahamiyatga ega?
o’z hayotdagi yo’nalishimni topishda aynan shu telekanaldagi insonlar katta yordam qo’lini cho’zishdi ulardan doim minnatdorman (vatanparvar)

Telekanalimizning qay bir boshlovchisi bilan tajriba almashgan bo’lardingiz?
QATRA XANDA

Tomoshabinlarimizga tilaklaringiz?
Rayhon aytganidek: MEN SIZLARNI SEVAMAN( ZO’R TV telekanalini kuzatishda davom eting biz aynan sizning tabasumingiz va ko’tarunki kayfiyat ulashishda tinimsiz ijod qilamiz!!)