
2017-11-13 18:21:59
885
Jamshid Sirojiddinov bilan batafsil intervyu!
Bizning sahifamizda Jamshid Sirojiddinov bilan batafsil intervyu. Yo'llanma bo'yicha kuzatib boring.
Bizning sahifamizda Jamshid Sirojiddinov bilan batafsil intervyu. Yo'llanma bo'yicha kuzatib boring.
Jamshid Sirojiddinov.
19 yosh.
8-nchi sinfda maktab tadbirida boshlovchilik qilganman va ba'zi skeytchlarda ro'l ijro etganman.
Toshkent madaniyat kollejida, "Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissyorligi" yo'nalishida o'qiganman. Hozir esa "Zo'rTv" telekanalida o'z faoliyatimni yuritmoqdaman.
Mening eng katta yutug'im - shu yoshimda "Zo'rTv" telekanalida ishga kira olganim, va kanal raxbariyatiga shu ishga loyiqligimni isbotla olganim deb hisoblayman.
Ochig'ini aytsam 12 yoshimgacha men shifokor bo'lishni istaganman, so'ng mening fikirim o'zgargach men san'at soxasidan ketishga qaror qilganman.
"Zo'rTv" telekanalida boshlovchilar uchun kasting o'tkazilgan, afsus meni bu kastingdan habarim yo'q edi. U kasting tugashidan so'ng men "Zo'rTv" telekanaliga loyiha uchun bir necha g'oyalar taklifi bilan kelganman, ana shu g'oyalarimdan biri bosh muharrirga yoqgan va oradan biroz vaqt ótgach meni boshlovchilik hususiyatlarimni ham tekshirib ko'rishgan. G'oyam va boshlovchilik hususiyatlarim kanaldagilarga yoqganidan so'ng meni bu yerga ishga olishgan.
Ishimning yomon taraflari deyarli yo'q. Faqatgina meni kuni bo'yi bant bo'lganim uchun o'zimga juda kam vaqt ajratishimni hispbga olmaganda. Yaxshi taraflari esa sanoqsiz. Men hayotimda tanlagan yo'nalishim, mutahasisligim bo'yicha o'zim uchun yuqori darajada yaxshi ish topganman deb hisoblayman.
Yaqin 10 yilda men hali rejalarimni aniqlamaganman lekin umid qilamanki men yaqin 10 yillarda "Zo'rTv" telekanalida o'z tajribamni oshirib boraman. Va albatta, uylanib bola-chaqali bo'lishimning ham ehtimoli bor.
Menga eng ko'p beriladigan sovol bu "Ko'zizga linza taqganmisiz" degan savol. Va mening javobim "Yo'q mening ko'zim tabiiy och ko'k rang"
Bred Pitt.
Albata ilk tasvirga olish jarayonlari men uchun juda hayajonli bo'lgan, lekin bora bora men bu hayajonni yengidim va endilikda tasvirga olish jarayonlarida men o'zimni yengil his qilaman.
Men hammadan Zo'r "Rolton" pishira olaman.)))
Chin dildan mehnat qilib chin yurakdan niyat qilsa hamma narsaga erishsa bo'ladi.
Men uchun eng yaxshi sov'g'a "Avtomobil" bo'lishi munkun, va undan tashqari haydovchilik guvohnomasi ham bo'lasa yo'q demas edim.)))
Yolg'on, balandparvozlik va ba'zi bir insonlardagi soxtalik.
Yashil futbolkam, juda eski futbolkam.
Pop musiqa va klassika.
Men yaqinda "O'rgimchak odam: yohud uyga qaytish" filmini tomosha qildim va bu film menga juda yoqdi.
Italiya. Chunki italiya haritada etikka o'xshaydi (ishonmasangiz qarab ko'ring).
Men kinofilmda yo'ki qandaydur spektaklda bosh ro'lni ijro etib qandaydir obraz yaratkim keladi.
"Naxori nashta Texno" ko'rsatuvining jarayonida men ko'pincha o'zimdan o'zim kulaveraman, bunga nima sabab bo'lishi mumkinligini umuman hayolimga ham keltirmaganman, shu kulganimni eslasam yana kulgim kelaveradi.
Tepada aytib o'tkanimdey men o'zim uchun "Zo'rTv" telekanalidan yaxshiroq ish joyini tasavvur ham qila olmayman.
Men "Stand Up" ko'rsatuvining boshlovchilari bilan tajriba almashgan bo'lar edim. Agar imkon bo'lsa hozirning o'zida almashar edim.
Tomoshabinlarga tinchlik, hotirjamlik, chiroyli chiroyli to'ylar qilishni, sog' salomat bo'lishni va hardoyim yaxshi kayfiyatda bo'lishni istayman.