2017-11-10 14:37:45 868

Nishonov Nodirbek bilan batafsil intervyu!

Bizning sahifamizda Nishonov Nodirbek bilan batafsil intervyu. Yo'llanma bo'yicha kuzatib boring.

To'liq ism sharifingiz?
Nishonov Nodirbek Iskandarovich

Yoshingiz
25 da

Birinchi ommaviy nutqingiz-chiqishingiz?
Uzoq bolalikda, “Shiribom” reklamasida

Ta'lim olgan yo’nalishingiz va kasbiy faoliyat
Drama rejissyorligi

Yutuqlaringiz?
Ma’lum vaqt Moskvadagi Ostankino televideniye va radioeshittirish institutida tahsil olganman

Bolaligingizda kim bo’lishni orzu qilgan edingiz?
Aniq eslay olmayman. Ammo barchasi san’at bilan bog‘liq bo‘lgan

Qanday qilib teleboshlovchi bo’ldingiz?
Qiziq bir tasodif ro‘y bergan. “Nahori Nashta Texno” ko‘rsatuviga muallif va rejissyor sifatida taklif qilinganman. Biroq aynan ko‘zoynak taqishim va talaffuzim sabab, mazkur ko‘rsatuv boshlovchisi sifatida faoliyat boshlaganman

Ishingizning yaxshi va yomon taraflarini sanab bering.
Har bir ko‘rsatuv bu o‘ziga xos tajriba almashinuvi, amaliyot hamda maktabdir. Ko‘rsatuvga tayyorgarlik jarayonida ko‘p narsalarni o‘rganaman. Shu tufayli ishimning faqat yaxshi tomonlarini ko‘rsam kerak

Yaqin 10 yilga qanday rejalaringiz bor?
Aslini olganda rejalar juda ko‘p. Misol uchun chet tilini o‘rganish

Sizga eng ko’p beriladigan savolni ayting va unga javob bering?
Rostdan ham yoshingiz 25 dami? – degan savolga, doim “Bilaman ishonish qiyin” deb javob beraman

Havas qiladigan odamingiz kim (кумир)?
Ustozlarim. Ularning boriga shukur

Ko’rsatuvni tasvirga olish jarayoni siz uchun odatiy holmi yoki hayajonli holatmi?
Avvaliga hayajonli holat bo‘lgan albatta. Hozir esa ancha ko‘nikishga ulgurdim. Shunga qaramay ko‘p narsa kayfiyatga bog‘liq ekan.

Hammadan Zo’r nimani qila olasiz?
Juda zo‘r suhbatdosh bo‘la olaman)

Hayotdagi shioringiz?
Nima bo‘lganda ham hammasi yaxshilikka. Yaxshi yoki yomon hodisalarning ham o‘z falsafasi bor

Siz uchun eng yaxshi sovg'a nima bo'lishi mumkin?
Har qanday sovg‘aga xursand bo‘laman. Chunki gap sovg‘ada emas, sizga bo‘lgan e’tiborda

Sizni ranjitadigan eng yomon narsa nima?
Adolatsizlik

Sizning garderobingizdagi eng sevimli narsangiz?
O‘zimni erkin his qiladigan kiyimlar

Siz musiqada afzal ko’rgan yo’nalishingiz?
New Age, Pank-Rok va albatta Folk

Yaqin orada ko’rgan filmlarizdan qay biri Sizda taassurot qoldirdi?
Rejissyor Deni Vilnyovning “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049”

Xaritadagi qay bir joy Sizning hayratlantirdi?
Germaniyadan

Kinofilmda (yana) sur’atga tushishni istaysizmi?
Kinofilmda? Menimcha, yo‘q. Ammo teatr mening hayotimda alohida o‘ringa ega. Shu sabab sahnada rol ijro etishdan bosh tortmagan bo‘lar edim

Tasvirga olish maydonida yuz bergan eng kulguli voqeani eslay olasizmi?
Ochig‘ini aytsam bu turdagi kulgili voqealar juda ko‘p bo‘ladi. Ayniqsa hamkasbim Jamshid Sirojiddinov uyquga to‘ymasdan kelgan hollarda, kulgili voqealar ketma-ketligi boshlanadi

ZO'R TV telekanali Siz uchun qanday ahamiyatga ega?
Yuqorida aytib o‘tganimdek, ZO‘R TV men uchun birinchi galda katta maktab hamda o‘z kasbini chin dildan yaxshi ko‘radigan insonlar bilan tajriba almashish imkoni

Telekanalimizning qay bir boshlovchisi bilan tajriba almashgan bo’lardingiz?
Urinov Xurshid Eshimovich (DJ Steel)

Tomoshabinlarimizga tilaklaringiz?
Tomoshabinlarimizga chinakam insoniy baxt doimo hamroh bo‘lishini tilab qolaman.