2017-10-28 17:09:08 159

Shodmonov Javlon bilan batafsil intervyu!

Bizning sahifamizda Shodmonov Javlon bilan batafsil intervyu. Yo'llanma bo'yicha kuzatib boring.

To'liq ism sharifingiz?
Shodmonov Javlon Botirovich

Yoshingiz
1984 yil 4 fevral, 33 yosh

Birinchi ommaviy nutqingiz-chiqishingiz?
2006 yil, “Boyvachcha” Filmi

Ta'lim olgan yo’nalishingiz va kasbiy faoliyat
Jurnalist-tarjimon, rejissyor.

Yutuqlaringiz?
Elga tanilganim eng katta yutug’im.

Bolaligingizda kim bo’lishni orzu qilgan edingiz?
Kosmonavt, ertak qahramoni bo’g’irsoq

Qanday qilib teleboshlovchi bo’ldingiz?
Men oliygohda o’qib yurgan paytlarim QVZ da juda ko’p ishtirok etganman, shu sababli boshlovchilikdan oz muncha xabarim bor

Ishingizning yaxshi va yomon taraflarini sanab bering.
Yaxshi tarafi sizni hamma tanib xurmat qiladi, yomon tarafi hamma sizni tanib jig’ingizga ham tegishi mumkin

Yaqin 10 yilga qanday rejalaringiz bor?
Rejalar juda ko’p, sanab sanog’iga yeta olmayman

Sizga eng ko’p beriladigan savolni ayting va unga javob bering?
Bitta rasmga tushib olay

Havas qiladigan odamingiz kim (кумир)?
Jeki Chan

Ko’rsatuvni tasvirga olish jarayoni siz uchun odatiy holmi yoki hayajonli holatmi?
Hayajon bo’ladi albatta

Hammadan Zo’r nimani qila olasiz?
Hammadan zo’r, tez gapirolaman

Hayotdagi shioringiz?
Faqatgina oldinga intilish

Siz uchun eng yaxshi sovg'a nima bo'lishi mumkin?
Yurtim va oilam tinch, ota onam sog’-salomat shuning o’zi eng katta sovg’a

Sizni ranjitadigan eng yomon narsa nima?
Yolg’on

Sizning garderobingizdagi eng sevimli narsangiz?
Oyoq kiyim

Siz musiqada afzal ko’rgan yo’nalishingiz?
Reggi va reggiton

Yaqin orada ko’rgan filmlarizdan qay biri Sizda taassurot qoldirdi?
Maymunlar sayyorasi

Xaritadagi qay bir joy Sizning hayratlantirdi?
Bagam orollari

Kinofilmda (yana) sur’atga tushishni istaysizmi?
Albatta

Tasvirga olish maydonida yuz bergan eng kulguli voqeani eslay olasizmi?
Yo’q

ZO'R TV telekanali Siz uchun qanday ahamiyatga ega?
Meni o’ylashim boyicha ZO‘R TV telekanali meni kelajagim

Telekanalimizning qay bir boshlovchisi bilan tajriba almashgan bo’lardingiz?
Dilshod Mirzamurodov

Tomoshabinlarimizga tilaklaringiz?
Hardoyim sog’- salomat bo’lishsin yuzlaridan kulgu va tabassum arimasin