2017-10-27 16:35:07 308

Mirsadikova Shaira bilan batafsil intervyu!

Bizning sahifamizda Mirsadikova Shaira bilan batafsil intervyu. Yo'llanma bo'yicha kuzatib boring.

To'liq ism sharifingiz?
Mirsadikova Shaira Burhanovna

Yoshingiz
34 yosh

Birinchi ommaviy nutqingiz-chiqishingiz?
“O’zbekiston” telekanalida “Xonadon” ko’rsatuvida muxbir bo’lib.

Ta'lim olgan yo’nalishingiz va kasbiy faoliyat
“Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy Universiteti”

Yutuqlaringiz?
Eng katta yutug’im albatta ayol sifatida shu yoshgacha bir qiz yoki ayol orzu qilishi mumkin bo’lgan oilam va farzandlarim hamda ijodimni hurmat qilib qo’ldan kelgancha yordam beradigan turmush o’rtog’im bor va eng zo’r “ZO’R TV” telekanalida ish boshlaganim va ijod qilayotganim

Bolaligingizda kim bo’lishni orzu qilgan edingiz?
Bolaligimda suxandon bo’lishni orzu qilganman.

Qanday qilib teleboshlovchi bo’ldingiz?
Bolaligimdan qiziqqanim uchun har hil yo’llarini qidirishga harakat qilganman va maktabda tadbirlarda asosan men boshlovchilik qilar edim, 22 yoshimda esa “Xonadon” ko’rsatuvida muxbir bo’lib ish boshlaganman.

Ishingizning yaxshi va yomon taraflarini sanab bering.
Ishimni yomon tarafi yo’q agar ijodiy guruhimiz ishini sevib qilsa, dangasa ijodkorlar bo’lmasa!

Yaqin 10 yilga qanday rejalaringiz bor?
Yangi loyihalar ustida ishlash hamda bor loyihalarimni yo’lga qo’yish

Sizga eng ko’p beriladigan savolni ayting va unga javob bering?
Menga eng ko’p berilgan savol nega efirda chiroyli chiqasiz hayotda oddiy ayol ekansiz? Javobim: Kamera meni sevadi

Havas qiladigan odamingiz kim (кумир)?
Havas qiladigan insonlarim ko’p lekin ijodkorlardan, ayniqsa boshlovchilardan Vladimir Pozner va Lera Kudryavtseva.

Ko’rsatuvni tasvirga olish jarayoni siz uchun odatiy holmi yoki hayajonli holatmi?
Sur’atga olish men uchun har doim hayajonli.

Hammadan Zo’r nimani qila olasiz?
Hammadan zo’r yig’lab beraman

Hayotdagi shioringiz?
Shiorim har qanday holatda yolg’on gapirmaslik.

Siz uchun eng yaxshi sovg'a nima bo'lishi mumkin?
Eng yaxshi sovg’a e’tibor va menga bo’lgan insoning samimiyligi.

Sizni ranjitadigan eng yomon narsa nima?
Ko’zimga qarab turib yolg’on gapirishsa va ikkiyuzlama insonlar ranjitadi.

Sizning garderobingizdagi eng sevimli narsangiz?
Garderobimdagi o’zim xarid qilgan kiyimlarim sevimli.

Siz musiqada afzal ko’rgan yo’nalishingiz?
Yo’nalishni bilmaymanku ammo o’ynatadigan va o’ylantiradigan qoshiqlar yoqadi.

Yaqin orada ko’rgan filmlarizdan qay biri Sizda taassurot qoldirdi?
Tarixiy filimlar, seriallar yoqadi. Eng yoqqanlaridan biri bu “Kosem” seriali.

Xaritadagi qay bir joy Sizning hayratlantirdi?
Xaritadagi qay bir joy hayratlantiradi bilmaymanku ammo dunyo kezishni yaxshi ko’raman va Shahar tanlayotganimda shu joyda dengizi bolishi kerak.

Kinofilmda (yana) sur’atga tushishni istaysizmi?
Albatta biror bir filmda rol ijro etgim keladi.

Tasvirga olish maydonida yuz bergan eng kulguli voqeani eslay olasizmi?
Ilk marotaba TV ga kelganimda matnlarni yodlab olish qiyin kechardi va rejissor meni urishib berganida men rosa chetga o’tib so’kkanman keyin bilsam mikrofon yoniq bo’lgan va meni hamma eshitgan ekan.

ZO'R TV telekanali Siz uchun qanday ahamiyatga ega?
“ZO’R TV” telekanali meni ijodimdagi eng katta orzularimni amalga oshirgan kanal.

Telekanalimizning qay bir boshlovchisi bilan tajriba almashgan bo’lardingiz?
Men Nazarova Nigora opa bilan tajriba almashgan bo’lardim va ulardan ko’p narsa organayapman. boshlovchilardan “Telegurman” loyihasining boshlovchisi bilan tajriba almashardim.

Tomoshabinlarimizga tilaklaringiz?
Tomoshabinlarga tilagim bizni kanalni tomosha qilishsin! Har doim kayfiyatlari a’lo bo’lsin.