2017-10-24 16:12:13 204

Xo’jaqulov Ma’rufxoja bilan batafsil intervyu!

Bizning sahifamizda Xo’jaqulov Ma’rufxoja bilan batafsil intervyu. Yo'llanma bo'yicha kuzatib boring.

To'liq ism sharifingiz?
Xo’jaqulov Ma’rufxoja Turdialiyevich

Yoshingiz
30 da

Birinchi ommaviy nutqingiz-chiqishingiz?
Andijon “YOTRK”

Ta'lim olgan yo’nalishingiz va kasbiy faoliyat
San’atshunoslik jurnalistikasi

Yutuqlaringiz?
“E’tirof” milliy mukofoti 2016 – yilning eng yaxshi boshlovchisi, “O’zbekiston belgisi ko’krak nishoni sohibi” “MTRK sovrini”

Bolaligingizda kim bo’lishni orzu qilgan edingiz?
Bolaligimdan teleboshlovch bo’lishni orzu qilganman. Shuning uchun ham bu yo’nalishda ta’lim olmaguncha qo’ymaganman.

Qanday qilib teleboshlovchi bo’ldingiz?
Maktab davrlarimda tadbirlarga boshlovchilik qilardim. Qizig’I bu tadbirlarning ssenariiysi qo’limda bo’lsada, xech ham ulardan foydalanmas edim. Badiiy adabiyotlar ko’p o’qiganim sababmi bisotimda so’zlar tugab qolmagan. Shu- shu men teleboshlovchi bo’lib yetishdim.

Ishingizning yaxshi va yomon taraflarini sanab bering.
Ko’rsatuv tayyor bo’lsa barcha charchoq unut boladi. Bu yaxshi tarafi. Qandaydir nuqson-xatoliklar bilan efirga ketsa bu-yomon. Bor energiyani sarf etib ishlanishi.

Yaqin 10 yilga qanday rejalaringiz bor?
Faqat tomoshabop mediamaxsulotlar yaratish. Muhlislar qalbiga yanada kirib borish.

Sizga eng ko’p beriladigan savolni ayting va unga javob bering?
Teleboshlovchi bo’lish uchun nimalar qilish kerek? O’qish kerak… O’qiganda ham hijjalab…

Havas qiladigan odamingiz kim (кумир)?
Maksim Galkin

Ko’rsatuvni tasvirga olish jarayoni siz uchun odatiy holmi yoki hayajonli holatmi?
Bu jarayon doimo meni hayajonga soladi. Faqatgina hayajonni yengish mashqlarini bajarib bu holatdan chiqib ketaman. Bu vaqtda eng zor 7 oltin qoida bor!

Hammadan Zo’r nimani qila olasiz?
Realitiy shoular olib bora olsam kerak.

Hayotdagi shioringiz?
Bugunni o’ylama, ertani esdan chiqarma, kelajak uchun hozirlik ko’r!

Siz uchun eng yaxshi sovg'a nima bo'lishi mumkin?
Kutilmagan holatda taqdim etilgan ixtiyoriy sovg’a.

Sizni ranjitadigan eng yomon narsa nima?
Saviyasizlik, bilib bilmasdan biror ishga qo’l urish

Sizning garderobingizdagi eng sevimli narsangiz?
Hammasini birdek ko’raman. Chunki kiyim insonni yarim muvoffaqqiyati. Ko’rinish-biror mavzuni ochishda boshlovchiga katta xizmat qiladi.

Siz musiqada afzal ko’rgan yo’nalishingiz?
Klassika

Yaqin orada ko’rgan filmlarizdan qay biri Sizda taassurot qoldirdi?
Filmlar tomosha qilmayman. Ko’proq xorijiy dasturlarni tomosha qilaman.

Xaritadagi qay bir joy Sizning hayratlantirdi?
Asosan orollar

Kinofilmda (yana) sur’atga tushishni istaysizmi?
Yo’q. O’qituvchim qulog’imga quygan, “O’z ishingni uddalamay turib boshqa ishga qo’l urma!”

Tasvirga olish maydonida yuz bergan eng kulguli voqeani eslay olasizmi?
Fevral oyida “Naxori Nashta” dasturini tasvirga olish chog’ida suvga tushib ketganman. Havo sovuqligi uchun bu holat kulgili va achinarli tus olgan. Xech ham unuta olmayman.

ZO'R TV telekanali Siz uchun qanday ahamiyatga ega?
Hayotim mazmuniga aylangan. Chunki doimo ish joyimni sevishga, bor kuch g’ayratimni ishga solib ishlashga odatlanganman.

Telekanalimizning qay bir boshlovchisi bilan tajriba almashgan bo’lardingiz?
Asror Abrorxo’jayev bilan

Tomoshabinlarimizga tilaklaringiz?
Nigohingiz shunday o’tkir bo’lsinki, u faqat sizni umringizni uzaytiradigan ezguliklarni payqasin. Hayotdan razolatni emas, yaxshilikni qidiring!