2017-10-18 17:34:48 148

Ozod Ravshan bilan batafsil intervyu!

Bizning sahifamizda Ozod Ravshan bilan batafsil intervyu. Yo'llanma bo'yicha kuzatib boring.

To'liq ism sharifingiz?
Usmonov Ozodbek Ravshanbekovich

Yoshingiz
31 yosh

Birinchi ommaviy nutqingiz-chiqishingiz?
10 yil avval «Yoshlar» tele-radiokanalida

Ta'lim olgan yo’nalishingiz va kasbiy faoliyat
San’atshunos jurnalist, tele-radioboshlovchi

Yutuqlaringiz?
Ular hali oldinda!

Bolaligingizda kim bo’lishni orzu qilgan edingiz?
Hozirgi faoliyatim bolalikdagi orzularimning bir bo’lagi.

Qanday qilib teleboshlovchi bo’ldingiz?
Loyiq ko’rishgani uchun!

Ishingizning yaxshi va yomon taraflarini sanab bering.
Yomon tarafi yo’q! Shu bois ham men bu yerdaman!

Yaqin 10 yilga qanday rejalaringiz bor?
Juda ham ko’p!

Sizga eng ko’p beriladigan savolni ayting va unga javob bering?
Qayerdasiz? «Ishda»

Havas qiladigan odamingiz kim (кумир)?
Har bir gapini o’ylab aytadigan va oilasini sevadigan insonlarni hurmat qilaman!

Ko’rsatuvni tasvirga olish jarayoni siz uchun odatiy holmi yoki hayajonli holatmi?
Oddiy hol emas!!!

Hammadan Zo’r nimani qila olasiz?
Yaxshi ko’raolaman!

Hayotdagi shioringiz?
Yaxshilik qo’lingdan kelmasa yomonlik xam qilma!

Siz uchun eng yaxshi sovg'a nima bo'lishi mumkin?
Yaqinlarimning salomatligi

Sizni ranjitadigan eng yomon narsa nima?
Yolg’on!

Sizning garderobingizdagi eng sevimli narsangiz?
Paypoqlarim)))

Siz musiqada afzal ko’rgan yo’nalishingiz?
Barchasini o’z ahamiyati bor, lekin ko’proq Pop musiqa tinglashni xush ko’raman

Yaqin orada ko’rgan filmlarizdan qay biri Sizda taassurot qoldirdi?
Zulfiqor Musoqov «Novda»

Xaritadagi qay bir joy Sizning hayratlantirdi?
Afrika qit’asi

Kinofilmda (yana) sur’atga tushishni istaysizmi?
Yo’q!

Tasvirga olish maydonida yuz bergan eng kulguli voqeani eslay olasizmi?
Hali kulgili voqeasiz tasvirga olish jarayoni o’tmadi! Doim qandaydir qiziqarli hodisa sodir bo’ladi

ZO'R TV telekanali Siz uchun qanday ahamiyatga ega?
Katta ahamiyatga ega!

Telekanalimizning qay bir boshlovchisi bilan tajriba almashgan bo’lardingiz?
Tolibjon Isroilov

Tomoshabinlarimizga tilaklaringiz?
Vaqtingizni ayang, baxtingizni avaylang!