2017-10-09 16:01:51 787

Jahongir Xo'jayev bilan batafsil intervyu!

Bizning sahifamizda Jahongir Xo'jayev bilan batafsil intervyu. Yo'llanma bo'yicha kuzatib boring.

To'liq ism sharifingiz?
Xo'jayev Jahongir Soib o'g'li

Yoshingiz
22 Yosh

Birinchi ommaviy nutqingiz-chiqishingiz?
Kollej vaqti, aktyorlik mahorati imtihoni 2012 yil

Ta'lim olgan yo’nalishingiz va kasbiy faoliyat
2012-2014 yilda Estrada va Sirk kollejida “Estrada – akrtoyrligi” bo'limini tamomlab, hozirgi vaqtda O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat institutida “Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” 4 bosqich talabasiman.

Yutuqlaringiz?
“O'zbek Jang San'ati” sporti bo'yicha jahon chempioniman va 1-dan qora belbog' sohibiman.

Bolaligingizda kim bo’lishni orzu qilgan edingiz?
Bolaligimdan san’atkor bo'lishni orzu qilganman chunki ota - onam san’atkor bo'lganliklari uchun shu muhit menga juda tasir qilgan. Boshqa kasbni tassavur ham qila olmayman.

Qanday qilib teleboshlovchi bo’ldingiz?
Institutimizda kasting bo'lib o'tdi shunda “ZO’R TV” telekanali rahbarlari tomonidan yaxshi fikrlar bildirildi va boshlovchi sifatida qabul qilindim.

Ishingizning yaxshi va yomon taraflarini sanab bering.
Yaxshi taraflari: ijod bilan bandman,sevgan kasbim,odamlar bilan muloqotdaman, har tasvirga olish jarayonida yangi do'stlar orttiraman.
Yomon tarafi: ijod bilan bo'lgan paytida vaqtida ovqatlanmaysiz,odamlarni xar xil gapiga tayyor turishingiz kerak/

Yaqin 10 yilga qanday rejalaringiz bor?
Rejalarim ko'p, asosiy orzuyim va maqsadim Aktyor bo'lish va Hollywood kinolarida ro'l ijro etish.

Sizga eng ko’p beriladigan savolni ayting va unga javob bering?
Siz Guli Asalxo'jayevani o'g'limisiz? Xa o'g’liman.

Havas qiladigan odamingiz kim (кумир)?
Havas qiladigan insonlarim, ota-onam!

Ko’rsatuvni tasvirga olish jarayoni siz uchun odatiy holmi yoki hayajonli holatmi?
Hayajon bo'ladi albatta, lekin xar ko'rsatuvni tasvirga olishni kutaman tezroq kelsa edi deb.

Hammadan Zo’r nimani qila olasiz?
Hammadan zo'r tabassum qila olaman.

Hayotdagi shioringiz?
Ijod ijod va yana ijod.

Siz uchun eng yaxshi sovg'a nima bo'lishi mumkin?
Men uchun eng yaxshi sovg'a bu har bir kunim unumli o'tishi, rejalarim ro'yobga chiqayotgani hozirgi kunda eng yaxshi sovg'a.

Sizni ranjitadigan eng yomon narsa nima?
Masulyatsizlik.

Sizning garderobingizdagi eng sevimli narsangiz?
To'g'risini aytsam xar bir kiyimim sevimli nega desangiz, chunki tanlayotgan paytimda yoqqani uchun sotib olganman.

Siz musiqada afzal ko’rgan yo’nalishingiz?
Lirik qo'shiqlar eshitishni yaxshi ko'raman sokin taronalar.

Yaqin orada ko’rgan filmlarizdan qay biri Sizda taassurot qoldirdi?
Titanik filmini juda yaxshi ko'raman, umuman olganda rejissyor James Cameronning barcha filmlarini sevib tomosha qilaman.

Xaritadagi qay bir joy Sizning hayratlantirdi?
Madagascar.

Kinofilmda (yana) sur’atga tushishni istaysizmi?
Albatta istayman.

Tasvirga olish maydonida yuz bergan eng kulguli voqeani eslay olasizmi?
. Real Xit ko'rsatuvida “Mega Planet” ko’ngil ochar maskanida bo'lib o'tgan sonida bir yigit orqamdan kuzatib yurgan.

ZO'R TV telekanali Siz uchun qanday ahamiyatga ega?
Ahmaiyati juda katta, chunki aynan “ZO’R TV” telekanali orqali, men o'zimda bo'lgan barcha mahoratimni, iqtidorimni ko'rsata olyapman! Rahbarlarga bu imkoniyat uchun katta Rahmat

Telekanalimizning qay bir boshlovchisi bilan tajriba almashgan bo’lardingiz?
Alisher Uzoqov bilan.

Tomoshabinlarimizga tilaklaringiz?
Bizni kuzatishda davom etishsin,ularga rahmat kattakon,muxlislarga rahmat tez orada yana ularni yangi g'oyalar bilan xursand qilish niyatidaman.


Social:
Facebook: https://www.facebook.com/jaxangir_xodjayev
Instagram: @jahongir_xojayev;